Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Ikkita xalqaro standart qo‘llanishga tayyor

Ikkita xalqaro standart qo‘llanishga tayyor

04.02.2026
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Korrupsiya — taraqqiyotning asosiy kushandasi. Bugun jamiyatning har bir sohasida korrutsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyili shakllantirilmoqda. Jumladan, bank tizimida ham.

Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi» — ISO 37 001:2016 va «Komplayens boshqarish tizimi» — ISO 37 301:2021 xalqaro standartlari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bankda mazkur tizimni joriy etish bo‘yicha «Nika-Certification» kompaniyasi ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan sertifikatsiyalash auditi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Audit natijasiga ko‘ra, «Hamkorbank»ning «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» hamda «Komplayens boshqarish tizimi» xalqaro standart talablarini qo‘llashga muvofiqligi tasdiqlandi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026