Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank Xalqaro islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi (ITFC) bilan strategik hamkorlikni kengaytirdi

Hamkorbank Xalqaro islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi (ITFC) bilan strategik hamkorlikni kengaytirdi

27.10.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Jidda (Saudiya Arabistoni), 2025 yil 23 oktyabr kuni — chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» ATB va Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) guruhi a’zosi Xalqaro Islom Savdoni Moliyalashtirish Korporatsiyasi (ITFC) o‘rtasida tuzilgan Savdo moliyalashtirish liniyasi bo‘yicha amaldagi shartnomaga o‘zgartish kiritilib, qo‘shimcha 30 million AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish liniyasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

ITFC bosh ofisida o‘tkazilgan kelishuv marosimida rasmiy hujjat ITFC bosh direktori Adib Y. Al Aama va Hamkorbank boshqaruv raisi B. Jo‘rayev tomonidan imzolandi.

Shu tariqa, ITFC va Hamkorbank o‘rtasidagi jami moliyalashtirish hajmi 90 million AQSh dollariga yetdi — bu O‘zbekistonda ITFC tomonidan xususiy sektorni moliyalashtirish uchun ajratilgan eng yirik moliyaviy liniya hisoblanadi.

Kengaytirilgan hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish;
  • Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash;
  • «Yashil» moliyalashtirishni kengaytirish;
  • Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash orqali O‘zbekistonning milliy taraqqiyot maqsadlariga xizmat qilish.

ITFC bosh direktori Adib Y. Al Aama:
«Bu hamkorlik ITFCning O‘zbekiston xususiy sektoriga ko‘maklashish va islomiy moliyani rivojlantirishdagi qat’iy intilishini aks ettiradi. Ushbu yangi imkoniyatni kengaytirish orqali biz kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun savdo moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqdamiz va mamlakatning yanada inklyuziv va barqaror iqtisodiyot qurish borasidagi sa’y-harakatlariga hissa qo‘shmoqdamiz».

Hamkorbank Boshqaruv raisi B. Jo‘rayev:
«Biz ITFC bilan umumiy qiymati 90 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu muhim kelishuvga erishganimizdan xursandmiz. Ushbu hamkorlik Hamkorbankning islom moliyalashtirish portfelini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu hamkorlik yangi bank xizmatlarini takomillashtirish va joriy qilish orqali mintaqadagi real iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishiga ham hissa qo‘shadi deb hisoblaymiz. Biz ITFC bilan uzoq va muvaffaqiyatli doimiy munosabatlardan manfaatdormiz».

Hamkorbank va ITFC o‘rtasidagi ushbu yangi bosqichdagi sheriklik — barqaror iqtisodiy o‘sish, mintaqaviy rivojlanish va inklyuziv moliyalashtirish sari qo‘yilgan navbatdagi qadamdir.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026