Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATB Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) bilan 35 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit shartnomasini imzoladi

«Hamkorbank» ATB Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) bilan 35 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit shartnomasini imzoladi

16.10.2023
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
15-oktyabr kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) va Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida xususiy sektordagi investitsiyalarni moliyalashtirish uchun 35 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘lar ajratish to‘g‘risida kredit shartnomasini rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur shartnoma O‘zbekistondagi mikro, kichik va o‘rta korxonalarni (MKO‘K) moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun mablag‘lar ajratish va xususiy sektorga investitsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston iqtisodiyotida mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlari muhim rol o‘ynaydi. Yalpi ichki mahsulotning 54% va ish o‘rinlarining 78% ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Toshkent shahrida JICA vakolatxonasi o‘z faoliyatini 1999 yilda boshlagan va u iqtisodiy infratuzilmani yangilash va takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tishni jadallashtirish maqsadida inson resurslarini va institutsional tuzilmalarni rivojlantirishga ko‘maklashish, iqtisodiyot va sanoatni rag‘batlantirish, shuningdek, ijtimoiy sektorni (sog‘likni saqlash, qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish) qayta tizimlashga ko‘maklashish singari ustuvor sohalardagi loyihalarni amalga oshirib keladi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026