Jismoniy shaxslar uchun «Internet Banking» dasturi ishga tushirildi
10.09.2012
1 daqiqa
Bankimizda mijozlarga kursatilayotgan xizmatlar sifati va turlarini yanada kengaytirish maqsadida yangi xizmat turi Jismoniy shaxslar uchun «Internet banking» tizimi ishga tushirildi.
Mijozlar ushbu yangi xizmat turi orqali quyidagi ma’lumotlarga ega bulishlari mumkin:
- Jismoniy shaxs sifatida olingan kredit qoldiqlari;
- Kreditlarga xisoblanayotgan foizlar;
- Kredit xisob raqamlari aylanmasi;
- Plastik kartadagi (Smart Vista) qoldiklari va aylanmasi.
Mijozlar ushbu xizmat turiga ulanish orqali bankka bormasdan xam o’z xisob raqamlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bizning Jismoniy shaxslar uchun «Internet banking» tizimimiz Siz uchun xar doim va xoxlagan joyingizda ochiqdir: uyda, kutubxonada, internet kafeda, safarda va boshqa joylarda. Asosiysi qo’lingizda internetga chiqish imkoniyati bo’lgan kompyuter bo’lsa bas.
Ushbu yangi xizmat turiga ulanish uchun Xamkorbankning o’zingizga eng yaqin bo’lgan xoxlagan filialiga murojat qilishingiz mumkin. Tizimga ulanish va foydalanish shartlari xaqida mutaxassislarimiz sizga batafsil ma’lumot beradilar.