Jismoniy shaxslar uchun kredit rasmiylashtirish soddalashtirildi
06.09.2018
1 daqiqa
Hurmatli mijozlar! ATB «Hamkorbank» iste’mol krediti, overdraft, avtokredit va mikroqarz uchun kerakli hujjatlar ro’yxatidan «yashash joyidan va oila a’zolari» haqidagi ma’lumotnomasini olib tashlanganligini e’lon qiladi.
Kerakli hujjantar quyidagilardan iborat:
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
- Asosiy va qo‘shimcha ish joyidan oxirgi 12 oy uchun hamma ushlanmalar chegirilgan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (STIR va ShJBP raqamlari ko‘rsatilgan holda);
- Tovar sotib olish yoki ko‘rsatilgan xizmat to‘lovi uchun hisob-shartnoma;
- Kafilning pasporti kopiyasi va ish joyidan oxirgi 12 oy uchun hamma ushlanmalar chegirilgan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (STIR va ShJBP raqamlari ko‘rsatilgan holda);
- Kredit ta’minoti xujjatlari (agar garov ta’minoti talab qilinsa).