Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Kichik biznes rivojiga xizmat qilayotgan sarmoyalar

Kichik biznes rivojiga xizmat qilayotgan sarmoyalar

29.11.2013
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Xalqaro moliya korporasiyasi (IFC) «Hamkorbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat bankiga 7,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit taqdim etmoqda. Shu munosabat bilan 29 noyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida mazkur kredit liniyasining ajratilishi yuzasidan kelishuv bitimini imzolash marosimi o’tkazildi.

Tadbirda «Hamkorbank» OATB boshqaruvi raisi Olmaxon To’rajonova hamda IFCning Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada moliyaviy bozorlar va xususiy kapital jamg’armalari bo’yicha departamenti direktori Oftob Ahmad ishtirok etdi.
— Ajratilayotgan investision qo’yilmalar O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining yanada rivojlanishiga ko’maklashishga qaratilgan, — deydi marosimda so’zga chiqqan Oftob Ahmad. — Mahalliy banklar bilan olib borayotgan uzoq muddatli hamkorligimiz samarasida mamlakatning chekka mintaqalaridagi kichik biznes sub’ektlari va aholini zaruriy moliyaviy mablag' bilan ta’minlash, shuningdek, O’zbekiston bank tizimi uchun ilg’or xalqaro tajriba bilan o’rtoqlashish imkonini bermoqda. Yaqin vaqtlar ichida «Hamkorbank»ka umumiy qiymati 15 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan kreditni taqdim etishni rejalashtirganmiz. Bugun aynan birinchi bosqich sifatida ushbu kreditning dastlabki yarmini ajratish yuzasidan kelishuvga erishildi.
O’z navbatida, «Hamkorbank» OATB boshqaruvi raisi Olmaxon To’rajonova nutqida quyidagilarni ta’kidlab o’tdi:
— Ushbu kelishuv «Hamkorbank»ning IFC bilan amalga oshirib kelayotgan uzoq yillik hamkorligining navbatdagi muhim bosqichi sanalib, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirish hamda yangi ish o’rinlarini tashkil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Taqdim etilayotgan kredit bankimiz yuritayotgan faoliyat strategiyasi qanchalik oqilona ekanini hamda istiqbolda yanada rivojlanish salohiyatidan dalolat berishini ham tasdiqlaydi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026