«Lider» xalqaro pul o’tkazmalari tizimi «O'zbekistonga bepul pul o’tkazmalari!» aksiyasini joriy etdi
26.07.2013
2 daqiqa
Hurmatli mijozlar!
«Lider» xalqaro pul o’tkazmalari tizimi «O'zbekistonga bepul pul o’tkazmalari!» aksiyasini joriy etdi. Mazkur aksiya doirasida Rossiya davlatidan O’zbekistonga har qanday miqdordagi pul o’tkazma uchun tarifi — 0%ni tashkil etadi.
Endi siz «Lider» pul o’tkazmalari tizimi ishtirokchilari bo’lgan quyida nomlari ko’rsatilgan Rossiya banklari va ularning bo’limlari orqali mablag’ingizni mutlaqo bepul jo’natib, OATB «Hamkorbank» ning sizga qulay bo’lgan barcha filial va bo’linmalaridan bepul qabul qilib olishingiz mumkin.
«O'zbekistonga bepul pul o’tkazmalari!» aksiyasi 2013 yil 15 iyuldan 11 oktabrga qadar bankning barcha filial va bo’linmalarida davom etadi.
Tarif: har qanday pul miqdori uchun 0%!
O’zingiz va yaqinlaringizga quvonch baxsh eting!
«Lider» To’lov tizimidagi ishtirokchi-banklari ro’yxati:
1. BALTIKA (ОАО АКБ БАЛТИКА)
2. VNEShPROMBANK (ООО ВНЕШПРОМБАНК)
3. INVESTBANK (ОАО АКБ ИНВЕСТБАНК)
4. LENOBLBANK (ООО ЛЕНОБЛБАНК)
5. MEJREGIONALNIY KLIRINGOVIY BANK (ОАО КБ МЕЖРЕГИОНАЛЬНЫЙ КЛИРИНГОВЫЙ БАНК)
6. NIKO-BANK (ОАО НИКО-БАНК)
7. PROMREGIONBANK (ООО ПРОМРЕГИОНБАНК)
8. ROSBIZNESBANK (ОАО АРКБ РОСБИЗНЕСБАНК)
9. RUSKOBANK (ОАО РУСКОБАНК)
10. SBERINVESTBANK (ЗАО СБЕРИНВЕСТБАНК)
11. SMOLENSKIY BANK (ОАО СМОЛЕНСКИЙ БАНК)
12. ENERGOTRANSBANK (КБ ЭНЕРГОТРАНСБАНК)