Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Mobil banking ilovalaridan foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli har xil turdagi firibgarlar ham faollashdi

Mobil banking ilovalaridan foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli har xil turdagi firibgarlar ham faollashdi

19.07.2022
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Fuqarolarning plastik kartalari ma’lumotlarini egallagan holda firibgarlar ularni bank ilovalarida ro‘yxatdan o‘tkazib, kartalardagi pullarni o‘zlarining hisob raqamlariga o‘tkazib olishmoqda.

Har bir plastik karta egasi firibgarlik qurboniga aylanishi mumkin, chunki plastik kartalarning ma’lumotlarini egallab olish yo‘llari doimiy ravishda ko‘payib bormoqda.

Kartangizdan pul yo‘qolganini sezsangiz, uni blok holatiga kiritishni va huquqni himoya qilish idoralariga murojaat qilishni qat’iy tavsiya qilamiz.

Bizning tavsiyalarimizdan foydalaning va mablag‘laringizni himoya qiling:

  • Kartangizni himoya qiling, uning ma’lumotlari va maxfiy SMS kodlarini hech kimga bermang.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda kartangiz suratini joylashtirmang va messenjerlar orqali yubormang;
  • Karta bilan joylarda to‘lovlarni amalga oshirayotganda hushyor bo‘ling, xizmat ko‘rsatish hamda savdo nuqtalari xodimlari karta ma’lumotlarini shu tariqa egallab olishlari mumkin. Terminal orqali to‘lovlarni amalga oshirishda karta kodini o‘zingiz tering.
  • Telefoningizga antivirus o‘rnating, zararli dastur va viruslar maxfiy SMS kodlarni to‘xtatib, egallab olishlari mumkin;
  • Shubhali ilovalar va veb-saytlarga kartangiz ma’lumotlarini kiritmang.

Hushyor bo‘ling! Xavfsizlik birinchi navbatda!

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026