«Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars» tanlovining g‘olibi aniqlandi!
25.05.2021
2 daqiqa
«Global Money Week» pul haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Hamkorbank bilan birgalikda Andijonda ertamiz egalari uchun qiziqarli va manfaatli bo‘lgan moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan qator tanlovlarni o‘tkazdi.
Tadbir doirasida umumta’lim maktablarida 5−11 sinf o‘quvchilari ishtirokida maxsus ochiq darslar tashkil qilindi. O‘qituvchilar kun tartibidagi mavzuni matematika, informatika fanlariga uyg‘unlashtirgan holda, qiziqarli misol va masalalar, ibratli hikoyalar, sahna ko‘rinishlari yordamida tahlil qilib berdilar.
Qiziqarli bahs, munozaralar tarzida o‘tkazilgan darslardan tayyorlangan videoroliklar Hamkorbank’ning nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. «Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars» tanlovining shartlarini muvaffaqiyatli bajargan 35-davlat ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi Muattar Nishonova 1 o‘ringa sazovor deb topildi. Taqdirlash marosimi Hamkorbank bosh ofisida o‘tkazildi.
Yosh bo‘lsada, o‘z ishiga sadoqat bilan yondashayotgan, o‘g‘il-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirib borayotgan o‘qituvchiga qimmatbaho esdalik sovg‘alar topshirildi. Ochiq darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga — bank sohasida ishlashni niyat qilgan ertamiz egalari uchun moliya olamiga sayohat uyushtirildi. 30 yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan Hamkorbank’ning ishlash tamoyillari, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning saviyasi bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot o‘g‘il-qizlarning o‘z maqsadi sari yanada dadil bo‘lishlariga undadi.
«Global Money Week» haftaligining zavqli onlarini Hamkorbank bilan o‘tkazgan barcha maktablarga minnatdorchilik bildiramiz!
Hamkorbank — 30 yil Siz bilan birga!