Moody 's «Hamkorbank» OATB reytingi istiqbolini «BARQAROR» darajadaligini qayta tasdiqladi
22.04.2014
1 daqiqa

2014 yil 9 aprel kuni «Moodys Investors Service» xalqaro reyting agentligi OATB «Hamkorbank»ning xalqaro reyting baholarini qayta tasdiqladi.
Unga ko’ra, milliy valyutadagi depozitlar reytingi — B1, xorijiy valyutadagi depozitlar reytingi — B2, kreditga layoqatlilikning bazaviy bahosi — b1, bankning moliyaviy barqarorlik reytingi — E+ deb belgilandi.
Barcha reytinglar bo’yicha prognoz «Barqaror» darajadadir.
«Hamkorbank»ka qayta berilgan yuqori reyting baholar bankning ishonchliligini yana bir bor tasdiqlaydi va aholining «Hamkorbank»ning barqarorligiga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi, xalqaro miqyosda nufuzi tobora oshib borayotganligiga, mamlakatimiz bank tizimida yetakchi o’rinlarni egallab kelayotganiga navbatdagi dalolatdir.