Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
«Hamkorbank» ATB MKO‘Bni moliyalashtirish dasturi natijalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi

«Hamkorbank» ATB MKO‘Bni moliyalashtirish dasturi natijalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi

26.10.2026
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB MKO‘Bni moliyalashtirish dasturi natijalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdiToshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan «MSME Financing: Taking Stock and Looking Ahead» tadbirida mikro, kichik va o‘rta biznesni (MKO‘B) moliyalashtirish dasturining natijalari sarhisob qilinib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning kelgusi istiqbollari muhokama etildi.

Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi moliyaviy hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan, KfW taraqqiyot banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ISCAD orqali boshqariladi, xalqaro Business & Finance Consulting (BFC) konsalting kompaniyasi esa uni amalga oshirishda ISCAD bilan hamkorlik qiladi.

Dastur doirasida hamkor banklar orqali mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun 26,77 million yevro yo‘naltirildi. Tadbirda ishtirokchilar ushbu mablag‘larning dastur doirasidagi o‘rnini, hamkor banklar tajribasini va tadbirkorlikni moliyalashtirishni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

«Hamkorbank» ATB vakili, MKO‘B departamenti direktor o‘rinbosari Sohibjon Matyoqubov tadbirning «Banking from the MSME Lens» panel muhokamasida qatnashdi. Panelda tadbirkorlar ehtiyojlariga mos bank xizmatlarini rivojlantirish, raqamli xizmatlar va individual yondashuvni uyg‘unlashtirish, shuningdek, kreditlash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish dasturining hamkor banklaridan biri sifatida «Hamkorbank» ATB mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Oxirgi yangilanish sanasi: 26.10.2026