Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Munosib oylik maoshi to‘lanadigan nufuzli ish o‘rniga ega bo‘lishni istaysizmi?

Munosib oylik maoshi to‘lanadigan nufuzli ish o‘rniga ega bo‘lishni istaysizmi?

17.09.2021
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Agar siz mas’uliyatli, zamonaviy fikrlaydigan va muloqotga tez kirishadigan bo’lsangiz, unda biz Sizni kutamiz!

Biz garov ta’minoti ekspertizasi bo‘limi mutaxassisi lavozimiga tanlov asosida ishga qabul qilamiz:

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
  • Iqtisod yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  • Rus va o‘zbek tillarini bilish;
  • Xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.

Nomzod quyidagi sohalar bo’yicha tajribaga ega bo‘lishi kerak:
  • Bank sohasi yoki ko‘char va ko‘chmas mulklarni baholash sohasida kamida 2 yillik tajriba;
  • Ko‘chmas mulk savdosi, hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish sohasida tajriba.

Rezyumelaringizni 2021-yilning 24-sentyabriga qadar kutib qolamiz. Rezyume shaklini havola orqali o‘tib, to‘ldirish mumkin: https://hamkorbank.uz/resume/

Ish joyi — Andijon sh. va Toshkent sh.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026