Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
«MUSTAHKAM OILA YILI» DAVLAT DASTURI IJROSINI TA'MINLASHDA BANKLARNING ROLI»

«MUSTAHKAM OILA YILI» DAVLAT DASTURI IJROSINI TA’MINLASHDA BANKLARNING ROLI"

07.01.2013
5 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Bugun Respublika Markaziy banki tomonidan Milliy matbuot markazida «Mustahkam oila yili» davlat dasturi ijrosini ta’minlashda banklarning roli" mavzuida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani ơtkazildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, aniq maqsadlar kơzlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch va ta’sirga ega bơlib bormoqda. Ishbilarmonlikning faol qơllab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bơlib qolmoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qơllab-quvvatlash, oilaviy biznesni tashkil etish, yoshlarni, ayniqsa kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb etish, doimiy ish ơrinlari yaratish orqali oilalar turmush farovonligini oshirishga alohida e’tibor berilishi tijorat banklari kredit siyosatida ơz aksini topdi.
Ta’kidlash ơrinliki, banklar tadbirkorlik tuzilmalari bilan ơzaro manfaatli munosabatlarni yuqori saviyada tashkil etish, aholini ishbilarmonlik faoliyatini moliyaviy qơllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi.
Buning yaqqol isbotini banklar tomonidan ơtgan 11 oy davomida kichik biznes sub’ektlariga qariyb 5 trln. sơm yoki ơtgan yilning shu davriga nisbatan 31 foiz kơp miqdorda kredit mablag’lari ajratilishida kơrishimiz mumkin. Oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik tuzilmalarining qariyb 1,8 trln. sơmlik loyihalari moliyalashtirildi.
Mamlakatimizda oilaviy biznesni tashkil etish, oilalarning farovonligini oshirish bơyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ajratilgan kreditlar miqdori 956 mlrd. sơmdan, jumladan xotin-qizlarni tadbirkorlik sohasiga faol jalb etishga yơnaltirilgan kreditlar hajmi 451 mlrd. sơmdan kơproqni tashkil etdi. Natijada minglab oilalar ơzlarining oilaviy bizneslarini yơlga quydilar, shaxsiy yordamchi xơjaliklarini tashkil etish imkoniga ega bơldilar. Yuzlab bog’dorchilik va sabzavotchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik bilan shug’ullanadigan yangi xususiy tadbirkorlik tuzilmalari faoliyat yurita boshladi.
Ta’kidlash ơrinliki, tijorat banklarining kredit resurslari yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini rơyobga chiqarish, ularning muhim ish joylariga ega bơlishiga xizmat qilyapti. Joriy yilning ơtgan oylari davomida kasb-xunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 47 mlrd. sơmdan ziyod yoki ơtgan yilga nisbatan ikki baravardan kơprok kredit mablag’lari bilan ta’minlandi.
Mamlakatimizda oilalarning farovonligini oshirish borasida kơrilayotgan chora-tadbirlar banklarning aholiga iste’mol kreditlari ajratish kơlami oshishini ta’minlamoqda. Tijorat banklarining ơtgan oylar mobaynida ajratilgan 320 mlrd. sơmdan oshiq iste’mol kreditlari oilalarning, ayniqsa opa-singillarimizning og’irini engil qilishda, aholining turmush madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish ơrinliki, xotin-qizlarning uy mehnatini engillashtirishga qaratilgan imtiyozli iste’mol kreditlari 3 yilgacha bơlgan muddatga eng kam ish haqining 50 barobarigacha bơlgan hajmda ajratilmoqda.
Iste’mol kreditlari odamlar hayotida, mamlakat iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega. Bu kabi kreditlar kapitalni qayta taqsimlashda muhim ơrin tutishi, mehnat unumdorligini oshirishga rag’batlantirishi, iste’mol bozori imkoniyatlarini kengaytirishi, pul va tovar aylanmasiga ijobiy ta’sir kơrsatishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirishi bilan ơziga xosdir. Bu borada Prezidentimiz mamlakatimiz Bosh Qomusi qabul qilinganining 20 yilligiga bag’ishlab ơtkazilgan tantanali yig’ilishda sơzlagan ma’ruzalarida ham ta’kidlab ơtdilar.
Yosh oilalarga e’tibor va g’amxơrlik, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qơllab-quvvatlashga e’tiborning kuchaytirilishi, tijorat banklari faoliyatini erkinlashtirish borasida kơrilayotgan choralar kredit tashkilotlarining xizmat turlarini kengaytirish va shartlarini soddalashtirishga olib kelmoqda. Banklar tomonidan hozirgi paytda loyiha qiymati 272 mlrd. sơmni tashkil etadigan 48 xonadonli 100 ta kơpqavatli uy qurish ishlari moliyalashtirilmoqda.
2012 yilning ơzida 2400 ta kvartira foydalanishga topshirilgan bơlsa, kelgusi yilda yana shuncha kvartira quriladi. Ana shu uylarni sotib olishda qulay imkoniyat yaratish uchun minglab yosh oilalarga 15 yil muddatga mơljallangan 210 mlrd. sơmga yaqin imtiyozli ipoteka kreditlari berildi.
Mamlakatimiz rahbari yosh oilalar farvonligi va daromad manbalarini oshirishda tijorat banklari ahamiyatiga tơxtalar ekan, «…mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan mahsulotlar, xususan, mebelь, maishiy texnika va boshqa uy-rơzg'or buyumlarini xarid qilish uchun 71 mlrd. sơmdan ziyod iste’mol kreditlari ajratilgani yosh oilalarning rơzg'orini butlashda, ularning oyoqqa turib olishida katta madad bơldi, desak, yanglishmagan bơlamiz», deb qayd etdilar.
Bank tizimining iste’mol va ipoteka kreditlari portfellari tahlil etilganda, banklarning chakana xizmati butun mamlakatni va aholining barcha qatlamini qamrab olganini kơrishimiz mumkin. Bu banklarning mijozlari soni oshishiga, bank xizmatlaridan esa mamlakatimizning eng chekka hududlarida joylashgan xonadonlar ham foydalanishiga sharoit yaratmoqda.
Ta’kidlandiki, tijorat banklari ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, mijozlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, ularga xizmat kơrsatish saviyasini yanada oshirish, faoliyatini xalqaro amaliyotda sinovdan ơtgan tajribalar va standartlar asosida tashkil etgan holda mijozlarning ishbilarmonlik imkoniyatlari va aholining turmush farovonligini oshirishga munosib hissa qơshib boraveradi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026