Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Mustaqilligimizning tengdoshi bo'lgan Hamkorbankda bayram shodiyonalari davom etmoqda

Mustaqilligimizning tengdoshi bo’lgan Hamkorbankda bayram shodiyonalari davom etmoqda

08.09.2014
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Mamlakatimizning barcha xududlarida, korxona va tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 23 yil to’lishi munosabati bilan bayram shodiyonalari davom etmoqda. Mustaqillik tengdoshi bo’lgan va mamlakatimizdagi nufuzli moliyaviy muassaslardan biri xisoblanmish «Hamkorbank» jamoasi xam ushbu ulug bayramni kutarinki ruxda nishonladi.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda, bank Kengashi va Boshkaruvi a’zolari, xududiy
filiallar raxbarlari xamda bank xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni bank Boshqaruvi raisi O. Turajonova kirish so’zi bilan ochib berdi. Ta’kidlangandek, Mustaqillik yillarda iqtisodiyotimizning turli yo’nalishlarida, jumladan, bank tizimida ham katta islohotlar amalga oshirilib, ushbu tizim har tomonlama takomillashtirildi. O’tgan 2013 yilning shu davriga nisbatan «Hamkorbank» aktivlari 1.5 barobarga o’sganganligi Bank Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan to’g’ri strategiya va bank xodimlarining professional darajasi o’sayotganligi bilan chambarchas bog’liqdir.

Shuningdek, tadbirda bank Kengashi raisi I. Ibragimov yig’ilganlarni qo’shaloq bayram munosabati bilan samimiy qutlar ekan, «Hamkorbank» mamlakat bank tizimida o’z o’rni va salohiyatiga ega bo’lib borayotganligi, bank filiallari qamrovi kengayib, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifati takomillashayotganligini aloxida e’tirof etdi. Shu ijobiy natijalar asnosida «Hamkorbank»ning mijozlari soni kengayib, axolining mazkur bankka bo’lgan ishonchi tobora ortib borayotganligi ham aytib o’tildi.

Tadbirda OATB «Hamkorbank»ning yosh xodimlaridan tashkil topgan Quvnoqlar va zukkolar guruxi tomonidan namoyish etilgan dastur ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi. Yosh iste’dodli san’atkorlarning chiqishlari esa bank xodimlari va mexmonlarga o’zgacha kayfiyat bag’ishladi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026