Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
NAMANGAN FILIALIDA!

NAMANGAN FILIALIDA!

12.11.2012
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Istiqlol yillarida yurtimizning har bir go’shasi ko’rkamlashib, o’zgacha shukuh kasb etmoqda. Yildan — yilga chiroy ochib borayotgan Namangan ham o’zgacha qiyofa kasb etib, ona Vatanimizning eng obod shaharlaridan biriga aylangan. Viloyatning tobora ko’rkamlashib borayotgan shahar infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish borasida salmoqli ishlar o’z ijrosini topmoqda.

Bir-biridan qolishmaydigan ko’rkam inshootlar, tekis va ravon ko’chalar ko’pchilikning havasini uyg’otishi tabiiy. Shaharning markaziy ko’chalaridan bo’lgan Navoiy ko’chasida qad rostlagan «Hamkorbank» OATBning Namangan viloyat filiali binosi ham o’zining fayziyob va ko’rkam dizayni bilan havaslarga munosib inshootlardan biri. Milliy va zamonaviy me’morchilik yutuqlari asosida yangi qiyofa kasb etgan «Hamkorbank» viloyat filialining ko’p qavatli binosi hudud infratuzilmasini har jihatdan boyitdi. Eng muhimi, filialda aholiga xizmat ko’rsatish uchun yanada yuksak andozalarda shart-sharoitlar yaratildi. Shulardan biri resepshn xodimi faoliyati joriy qilinganidir. Endi bankka tashrif buyurgan mijozning qavatma-qavat va xonama-xona yurishiga hojat qolmaydi. Kirish eshigi oldida tabassum va hurmat bilan kutib olgan resepshn mijozning nima maqsadda kelganiga ko’ra, o’z vakolati doirasida ma’lumot va yo’l — yo’riq beradi. Bu esa, o’z navbatida ham bank xodimlarining ishini oson, mijozlarning esa mushkulini yengil qilishi shubhasiz.
Bu, istiqlol sharofati bilan kun sayin taraqqiy topib borayotgan moliyaviy muassasadagi bunyodkorlik manzaralaridan ayrim lavhalar, xolos. Inson manfaatlari yo’lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bugun «Hamkorbank»ning Har bir filialini qamrab olayotir. Pirovardida «Hamkorbank» yanada ko’rkam, yanada obod, yanada fayzli moliya muassasasiga aylanib bormoqda.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026