Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Necha ming yillik tarixga ega yurtimiz uchun yana bir qadrli sana — 18 noyabr, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kun

Necha ming yillik tarixga ega yurtimiz uchun yana bir qadrli sana — 18 noyabr, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kun

18.11.2021
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Mamlakatimiz aholisining ezgu maqsadlarini o‘zida mujassam etgan bayrog‘imiz eng yorqin — tinchlik, osoyishtalik, tiriklik, yangilanish ranglarida aks etgani bilan ahamiyatlidir. Har gal uning ko‘kka qarab yuksalayotganligini ko‘rganimizda qalbimizda cheksiz g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi, ifodalab bo‘lmas shodlikni his etamiz.
O‘zini shu yurtning farzandiman deb bilgan har bir hamyurtimiz O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini ardoqlashga, uni ko‘z qorachig‘idek asrashga tayyor. Mustaqil ona yurtim, bayrog‘ing bundan buyon ham o‘zgacha ko‘rk, salobat bag‘ishlayversin!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026