Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATB mutaxassislari “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyiga hayriya tashrifini amalga oshirishdi

«Hamkorbank» ATB mutaxassislari «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyiga hayriya tashrifini amalga oshirishdi

07.05.2024
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB Boshqaruvi tashabbusiga binoan bankning ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv masalalarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassislari O’zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg’ona viloyati boshqarmasiga qarashli Farg’ona «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyiga hayriya tashrifini amalga oshirishdi.

Aslida, odam zoti kuchli, zehnli, iqtidorli va chapdast yaratilgan. Ammo taqdirning turfa sinov va zarbalari tufayli tnson yordamga muhtojlik sezsa-chi? Bemorlar ruhan va jismonan boshqalarning qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyojmand bo‘lsa, atrofdagi sog‘lom fikrli odamlar doimo ko‘makka shay turishlari shart va zarur. Chunki bu sizu bizning insoniy burchimizdir. Halqimizda «odam taftini odam oladi» degan purma’no ibora bor. Inson — u qanday holatda bo‘lmasin uning uchun muhimi e’tibor.

Jumladan, «Hamkorbank» ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasiga qarashli Farg‘ona «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida istiqomat qiluvchi bolajonlar holidan xabar olinib, zarur kansulyariya va gigiyena vositalari ulashildi.


Aslida osmonni mehrga to‘la, pok niyatlar ila porlagan shu bolalarning nigohi poklab turibdi. Darhaqiqat, Agar yo‘lingiz tushib, «Muruvvat» va «Sahovat» uylariga borib qolsangiz, u yerda yashayotgan kishilar bilan suhbatlashib, hayot haqidagi qarashlar, tasavvurlar butkul o‘zgaradi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026