Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
O‘g‘il-qizlarimiz orasida o‘tkazilgan rasmlar tanlovining g‘oliblarini e'lon qilish fursati yetdi!

O‘g‘il-qizlarimiz orasida o‘tkazilgan rasmlar tanlovining g‘oliblarini e’lon qilish fursati yetdi!

20.11.2021
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
​"Biz pullarni qanday to‘playmiz" mavzusiga bag‘ishlangan tanlovga bolajonlardan ko‘plab rasmlar keldi. Ular orasidan mavzuni imkon qadar keng yoritib berganlarini tanlab oldik. E’tiborli jihati, ishtirokchilarning ko‘pligi, bizga taqdim etilgan rasmlarning rang-barangligi sabab g‘oliblar 3 nafar emas, balki 5 nafar bo‘lishini belgiladik. Ular bilan tanishing:
1. Hikmatov Daler;
2. Nazarqulov Sherzod;
3. Qahramonova Nafisa;
4. Hasanova Zeboxon;
5. Oripov Tolibjon.
Iqtidorli bolajonlarimizni tabriklaymiz. Tez orada ular Hamkorbankdan esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritishadi!
Tanlovda ishtirok etishga ulgurmay qolgan yoki g‘oliblar qatoridan joy olmaganlarga oldinda juda ko‘p qiziqarli tanlov va aksiyalar borligini eslatib qo‘ymoqchimiz. Pul jamg‘arishni o‘rganing. Orzularingiz albatta ijobat bo‘ladi.
Hamkorbank moliyaviy savodxon bo‘lishga intilayotgan bolajonlarni qadrlaydi!
Ishtirok uchun barchaga minnatdorchilik bildiramiz!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026