OATB «HAMKORBANK»DA SEMINAR-TRENING
Joriy yilning 4 may kuni «Hamkorbank» tizimidagi boshlang’ich jamoat tashkilotlari xodimlari uchun seminar-trening bo’lib o’tdi. Respublika «Kamolot» YoIH Markaziy Kengashining katta majlislar zalida o’tkazilgan mazkur tadbir «Bank rivoji hamda xodimlarning faol hayotiy pozitsiyaga ega bo’lishida jamoat tashkilotlarining roli va o’rni» mavzuiga bag’ishlandi. Unda «Hamkorbank» boshlang’ich jamoat tashkilotlari bo’lgan kasaba uyushmasi, xotin-qizlar qo’mitasi hamda «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkilotining filiallardagi yetakchilari ishtirok etdilar.
