Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Ogoh bo'ling! Firibgarlar pul o‘g‘irlashning yangidan-yangi usullarini o‘ylab topishmoqda!

Ogoh bo’ling! Firibgarlar pul o‘g‘irlashning yangidan-yangi usullarini o‘ylab topishmoqda!

16.06.2022
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, maxfiy ma’lumotlarni taqdim etishni so‘rashyaptimi? Bu — firibgarlar!
Firibgarlar nafaqat bank, balki, boshqa moliyaviy kompaniya yoki tashkilotlar nomidan ham qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
Ko‘p hollarda bu kimsalar karta bo‘yicha katta summada shubhali to‘lov o‘tkazilayotgani yoki firibgarlar kartangizga hujum qilishayotganini aytishadi. Pullaringiz yechib olinishini to‘xtatish uchun esa zudlik bilan karta ma’lumotlarini, PIN-kod yoki SMS-xabar orqali kelgan bir martalik parolni aytishingizni so‘rashadi.
ESLAB QOLING!
Bank xodimi hech qachon qo‘ng‘iroq qilib, sizdan maxfiy ma’lumotlarni talab qilmaydi.
Har qanday vaziyatda ham shaxsiy ma’lumotlar, karta rekvizitlari va maxfiy ma’lumotlar: kartaning orqa tomonidagi CVC/CVV kod, SMS orqali kelgan kodlar va PIN kodlarni hech kimga oshkor qilmang.
Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling. Mablag‘laringiz himoyasini ta’minlang!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026