Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Oylik maoshi munosib nufuzli ishga kirishni xohlaysizmi?

Oylik maoshi munosib nufuzli ishga kirishni xohlaysizmi?

12.02.2020
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Agar siz mas’uliyatli, zamonaviy fikrlaydigan va jamoada ishlay oladigan inson bo‘lsangiz, u holda biz sizni kutamiz!

Garov ekspertizasi bo‘limiga yetakchi mutaxassis va huquqshunos lavozimlariga tanlov e’lon qilamiz:
Yetakchi mutaxassisga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi.
  • Bank sohasida kamida 3 yillik yoki baholash yo‘nalishida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.
  • MS Office dasturlari bilan ishlay olishi.
  • Rus va ingliz tillarini bilishi alohida e’tiborga olinadi.


Huquqshunos lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi.
  • Bank sohasida kamida 1 yillik va yuridik sohada 3 yillik tajribaga ega bo‘lishi.
  • MS Office dasturlari bilan ishlay olishi.
  • Rus va ingliz tillarini bilishi alohida e’tiborga olinadi.


Rezyumelaringizni 2020 yilning 18 fevraligacha kutamiz. Havola orqali o‘tib, rezyume shaklini to‘ldirish mumkin: https://hamkorbank.uz/uz/resume/

  • Izoh: ish joyi — Andijon shahrida.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026