Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Qarorlar ijrosi o`rganilmoqda

Qarorlar ijrosi o‘rganilmoqda

11.05.2012
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Respublika Markaziy bankida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan ustuvor vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish to‘grisida»gi qarorlarining bank tizimidagi ijrosiga bagishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu yiginga bank boshqaruv raislari, bankning Matbuot xizmati xodimlari va jamoatchilik aloqalarga ya’ni veb saytlarga mas’ul bo‘lgan xodimlar taklif etildi. Seminarning asosiy mavzusi — banklarda axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bagishlandi.

Seminarda ishtirok etgan Markaziy bank raisi o‘inbosari Sh. Haydarov o‘zining kirish so‘zida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI AXBOROT XIZMATIni jurnalistika sohasida «OLTIN QALAM» VII milliy mukofoti xalqaro tanlovida «Eng yaxshi matbuot xizmati» nominasiyasi golibi bo‘lganligi bilan qutlar ekan, bu yuksak mukofotda Respublika banklarining barcha Matbuot xizmati xodimlarining ulkan mehnati borligini e’tirof etdi.
Markaziy bankning Axborot xizmati boshligi A. Haydarov kun mavzusi buyicha ma’ruza qilar ekan, seminar ishtirokchilariga banklarda axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga doir maxsus taqdimotni havola etdi. Mukammal va bankning bugungi siyosatiga hamohang tarzda tayyorlangan taqdimot barcha seminar ishtirokchilariga o‘z vazifasiga yanada sidqidildan yondashib, banklarning taraqqiy etishida, ularni xalqqa yanada yaqin qilishda axborot xizmatining ulkan hissasi borligini his qilgan holda ish yuritish mas’uliyatini yukladi. Seminar davomida so‘zga chiqqan «Uzsanoatqurilish» bank hamda «Turon» banki Matbuot xizmati rahbarlari tomonidan taklif va fikrlar keng jamoatchilikka havola etildi. Seminar yakunida banklarning Matbuot xizmati faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan vazifalar va topshiriqlar belgilab olindi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026