Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
QR-Online — to‘lov terminallariga alternativ!

QR-Online — to‘lov terminallariga alternativ!

10.12.2020
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Endi to‘lovlarni nafaqat terminal, balki QR-Online tizimi orqali ham qabul qilish mumkin.

Ushbu tizim afzalliklari nimadan iborat?

  • Terminal kabi qo‘shimcha qurilmalarni o‘rnatish zaruriyati yo‘q;
  • Ixchamligi — QR-kodni savdo nuqtasiga joylashtirish yoki o‘zingiz bilan olib yurib, uning yordamida joylarda to‘lovlarni qabul qilish mumkin;
  • Omnikanallik — internet-do‘konlardagi to‘lovlarni qabul qilish uchun biriktirish imkoniyati mavjudligi.


To‘lovlar qanday qabul qilinadi?

Sotuvchi xaridorga QR-kod tasviri tushirilgan stiker beradi, xaridor esa uni Hamkor Mobile ilovasi orqali skan qiladi, xarid summasini kiritadi va to‘lovni amalga oshiradi.
QR-Online tizimiga ulanish uchun sizga xizmat ko‘rsatadigan Hamkorbank filialiga tizimda ro‘yxatdan o‘tish arizasi bilan murojaat qilishingiz kerak.

Hamkor Mobile ilovasini yuklab oling va yangi to‘lov usulini sinab ko‘ring:
iOS uchun yuklab olish
Android uchun yuklab olish
QR-Online to‘lov tizimi bilan biznesingizni yangichasiga rivojlantiring!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026