Rafal Juszczak 15.06.2026 yil kunidan Hamkorbank Boshqaruv raisi lavozimida o‘z faoliyatini boshlad

Bank Kuzatuv kengashining tasdig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining roziligidan so‘ng Juszczak Rafal Маrсin Hamkorbank Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimda u Hamkorbankning strategik rivojlanishi, bankning bozordagi mavqeini mustahkamlash va mijozlar uchun zamonaviy moliyaviy yechimlarni rivojlantirishga e’tibor qaratadi.
Rafal 1969-yil 7-sentabrda Polshaning Ilava shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotga ega bo‘lib, magistrlik darajasini olgan. Shuningdek, ingliz va rus tillarini yaxshi biladi, polyak tili esa — ona tili. Rafal Juszczak bank sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro menejer hisoblanadi. Faoliyati davomida Polsha, Ukraina va Belarusdagi yirik banklarda Boshqaruv raisi lavozimida rahbarlik qilgan.
Rafalni yangi lavozim bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!