Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

20.08.2020
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
2020 yil 19 avgust kuni «Surhondaryoliklar» Telegram kanalida bankning Termiz filialida naq pul mablag’larini olish jarayonida kuzatilayotgan muammolar bo’yicha rasmiy munosabat.
Xabaringiz bor, Respublikamiz hududlarida bosqichma bosqich karantin cheklovlari yumshatilib kelinmoqda. Hamkorbank filiallari va bank qoshidagi mini bank, bank xizmatlari markazlari hamda 24/7 ofislari Sizga yuqori sifatli xizmatlarni ko‘rsatishda davom etadi.
Karantin cheklovlari yumshatilishiga qaramasdan bankka tashrifingiz davomida tibbiyot niqobida bo‘lishingizni, ijtimoiy masofani saqlagan holda navbat kutishingizni Sizdan iltimos qilib qolamiz.
Xozirgi kunda Hamkorbankning barcha ofislarida virusni oldini olish hamda qulay tarzda bank xizmatlaridan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, jumladan xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha pul mablag‘larini aholiga tarqatish hamda bankomatlardan naqd pul yechib olish jarayonida bankning barcha filiallarida yetarli darajada naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlangan.
«Hamkor mobile» ilovasi orqali «Золотая Корона» pul o‘tkazmasidan yuborilgan mablag‘larni bank xorijiy plastik kartalariga va barcha banklar so‘m plastik kartalariga qabul qilish orqali Siz filiallar va bank ofislarida navbat kutib vaqtingizni tejashingiz mumkin.
Har bir inson o‘z xavfsizligi bo‘yicha avvalom bor o‘zi qayg‘urishi kerak, sog‘ligingizni hatarga qo‘ymang, o‘zingizni ehtiyot qiling!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026