mc.yandex.ruyandex

Responsability investments "Hamkorbank" ATB yangi aksiyadori!

07 / 11 / 2018

Hamkorbank O'zbekistonning yirik aksiyadorlik tijorat banklaridan biri sanalib, xalqaro moliya institutlari tomonidan qo'llab-quvvatlangani hisobiga rivojlanishning keyingi bosqichiga o'tmoqda. Aktivlarni boshqarish va rivojlanishni sarmoyalashtirish bo'yicha ResponsAbility Investments Shveytsariya kompaniyasi IFCga tegishli Hamkorbankning 7,66% aksiyalarini xarid qilgan holda uning yangi aktsiyadoriga aylandi. 

IFC - Hamkorbank ning 2001 yilda ilk halqaro investori va 2010 yildan boshlab, birinchi chet ellik aksiyadori bo'ldi. IFC, Hamkorbank bilan uzoq yillik xamkorligi davomida bankka qarz, aksiyadorlik kapitali, savdoni moliyalashtirish va himoyalash vositasi sifatida 60 000 000 $ dan ziyod mablag'ni taqdim etdi. 

IFC shuningdek, bankga tavakkalchiliklarni boshqarish usullarini ishlab chiqarishga, agrobiznesni moliyalashtirish va bir nechta sohalarda, jumladan, korporativ boshqaruv, bank faoliyati, hodimlarni boshqarishda, aktivlar va passivlarni boshqarishda (ALM), ichki nazorat va audit, filiallar va axborot tizimi boshqaruvi usullarini ishlab chiqarishga yordam bergan. 

IFC bundan buyon ham, Hamkorbank ning faol aksiyadori bo'lib qolishga va bank rivojlanishini qo'llab quvvatlashni o'ziga maqsad qilgan.

O'z navbatida ResponsAbility, Hamkorbank aksiyadori sifatida IFC ga qo'shilganidan mamnun va butun O'zbekiston bo'ylab joylashgan mikro, kichik va o'rta korxonalarni moliyalashtirishida ishtirok etadi hamda Hamkorbankning barqaror bank echimlarini qo'llab quvvatlaydi. Hamkorbank ning rivojlangan tarmog'i, rivojlangan brendi hamda yuqori samara bilan ishlayotgan jamoasi, O'zbekistonning jadal iqtisodiy rivojlanish davrida o'sishda davom etadi.

«Hamkorbank» ATB ning yangi aktsiyadori - ResponsAbility - investitsiya aktivlarini boshqarish bo'yicha, dunyodagi etakchi investitsion kompaniyalardan biri bo'lib hisoblanadi. Kompaniya, iqtisodiyoti rivojlanayotgan va shakllanayotgan mamlakatlarda biznes modellari bilan ro'yhatga olinmagan kompaniyalarga, hususiy qarzni joylashtirish va hususiy kapitalni ta'minlab beruvchi qator investitsiya mexanizmlarini boshqaruvini amalga oshiradi. ResponsAbility boshqaruvida 3 mlrd AQSh dollaridan ortiq aktivlarga ega, 90 ta davlatlarda 540 dan ziyod kompaniyalarga ivestitsiya amalga oshirgan.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play