
"Hamkorbank" ATB va Respublika Qon quyish markazi oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi
11 / 11 / 2025"Hamkorbank" ATB tomonidan qabul qilingan barqaror rivojlanish va ijtimoiy mas`uliyatni yuksaltirishga qaratilgan ESG strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ushbu loyiha maqsadi — qon donorligini ommalashtirish va bank xodimlari o‘rtasida doimiy ijtimoiy tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan. Aytish joizki, ancha yillardan buyon Hamkorbank ichki donorlik tadbirlarini o‘tkazib, ixtiyoriy donorlik madaniyatini rivojlantirish va mamlakat tibbiy muassasalarini hayotiy ahamiyatga ega qon zahiralari bilan ta’minlashga hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ushbu marosimda "Hamkorbank " ATB Boshqaruv raisi B.Joʻrayev va Qon quyish markazi direktori A.Saidov ishtirok etib, bank sektori va sog‘liqni saqlash tizimi sa’y-harakatlarini jamlashning jamiyat manfaati yo‘lida qay darajada muhim ekanligini ta’kidladilar.
Shuningdek, hamkorlik orqali ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslar rivojlanishi va jamiyatda o‘zaro yordam madaniyati mustahkamlanishi e`tirof etildi.





