Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan forum doirasida Hamkorbank hamda YTTB o‘z hamkorlarining biznesini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘lida ikkita muhim kelishuvni imzoladi.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan forum doirasida Hamkorbank hamda YTTB o‘z hamkorlarining biznesini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘lida ikkita muhim kelishuvni imzoladi.

22.05.2023
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan forum doirasida Hamkorbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o‘z hamkorlarining biznesini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘lida, tavakkalchiliklarni taqsimlash mexanizmidan (RSF) foydalangan holda ikkita muhim kelishuvni imzoladi.
Joriy yilning 17-may kuni Hamkorbank va YTTB «Avtobus Rent» MChJ va «Mika Group» MChJ bilan kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha shartnomalarni imzoladi.
Kredit mablag‘lari hamkorlarimizning biznesini kengaytirishga yo‘naltiriladi. «Avtobus Rent» MChJ loyihasi kompaniyaning ijaraga berishga mo‘ljallangan yengil avtomobillar parkini kengaytirishga qaratilgan. «Mika Group» MCHJ loyihasi «Yapona Mama» restoranlar tarmog‘ini kengaytirish, shuningdek, taomlarni tezkor yetkazib berish xizmatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Imzolash jarayoni biznes uchrashuv shaklida bo‘lib o‘tdi, unda hamkorlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari va rejalashtirilgan loyihalarni muhokama qildilar.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026