«Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik istiqbollari» mavzusida seminar o’tkazildi
Samarqand va Urganch shaharlarida «Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik istiqbollari» mavzusida seminar o’tkazildi. Seminar O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va O’zbekiston tadbirkor ayollar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.⠀
Tadbirkor ayollar faoliyati iqtisodiy taraqqiyotda muhim rol o’ynab, yangi ish o’rinlari yaratish va iqtisodiyot o’sish suratlariga ta’sir etadi. Seminardan ko’zlangan maqsad — ayollarning tadbirkorlik faoliyatini o’rganishi va uni tashkil etishiga ko’maklashish.⠀
Seminar-trening qatnashchilari quyidagi mavzularda yangi bilimlarga ega bo’lishdi:
«Biznes boshqaruvining huquqiy aspektlari: qonunchilik va imtiyozlar», «Soliq tizimida kichik biznes uchun ustunlik va preferentsiyalar», «Tadbirkor ayollar biznesining o’ziga xosligi», «Bank mahsulotlari va xizmatlari: ularning o’ziga xosligi hamda shartlari». Ekspertlar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berishdi.⠀
Tadbir yakunida tashkilotchilar qatnashchilarga faollik uchun tashakkur izhor etib, ayni yo’nalishdagi tadbirlar yana o’tkazilishini qo’shimcha qilishdi.