«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon
Hurmatli aksiyadorlar!
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki
aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig’ilishi o’tkazilishini ma’lum qiladi
Andijon shahar, Bobur shoh ko’chasi, 85-uy manzili bo’yicha joylashgan (elektron pochta manzili: contact@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki 2026-yil 25-iyun kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shoh ko’chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank” ATB Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishini o’tkazadi.
Aksiyadorlarni va/yoki uning vakillarini ro’yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2026-yil 26-may.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2026-yil 19-iyun.
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
- Bank Boshqaruvining 2025-yil yakunlari bo‘yicha bank faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti
- Bank Kengashining 2025-yil yakunlari bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti
- Bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi tashqi auditor xulosasini tinglash va Bankning 2025-yil uchun moliyaviy hisobotini tasdiqlash
- Bank faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tayinlash va 2026-yil uchun uning xizmatlariga to‘lanadigan haqning chegaraviy miqdorini belgilash
- Bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha olgan foydasini taqsimlash
- Bank aksiyalari bo‘yicha 2025-yil yakunlariga ko‘ra dividendlar to‘lash
- Bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
- Bank tomonidan «umidsiz” aktivlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida
- Bank Kengashi tarkibidagi o‘zgarishlarni tasdiqlash
- Bank Kengashining 2026-yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro’yxatdan o’tish chog’ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uning raxbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo’lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo’lishi shart.
«Hamkorbank” ATB aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.
«Hamkorbank” ATB Kuzatuv Kengashi