Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Shaxsiy ma'lumotlarni qanday himoya qilish mumkin? Hamkorbank tavsiyalari!

Shaxsiy ma’lumotlarni qanday himoya qilish mumkin? Hamkorbank tavsiyalari!

26.11.2021
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Kiberfiribgarlar ma’lum harakatlarni amalga oshirish yoki ishonuvchan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish uchun psixologik manipulyatsiya — ijtimoiy fikrni boshqarish uslubidan foydalanishadi.
Qanday qilib aldovning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlar va pullarni saqlash mumkin?
Siz uchun Internet orqali ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanishidan himoya qiluvchi bir nechta tavsiyalarni tayyorlab qo‘ydik:
  • Maxfiy ma’lumotlar yoki moliyaviy operatsiyalar so‘rovi berilgan har qanday elektron xat yoki matnli xabarga shubha bilan qarang.
  • Havola orqali o‘tishdan oldin manbaning ishonchli ekanligini tekshiring.
  • Mobil qurilmalar va kompyuter brauzerining xavfsizlik vositalariga so‘nggi yangilanishlar o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
  • Bir martalik xavfsizlik kodlarini hech kimga oshkor qilmang, to‘lov ilovalari tomonidan yaratilgan havolalarni yubormang va kartangiz pin kodini sir tuting.
  • Bir nechta akkaunt va qurilmalar uchun hech qachon bir xil paroldan foydalanmang. Xavfsizligingiz himoyasi uchun parolning o‘ziga xosligi va murakkabligi muhim ahamiyatga ega.

Mablag‘ingiz va ma’lumotlaringiz xavfsizligi o‘z qo‘lingizda!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026