mc.yandex.ruyandex

27 -28 mart kunlari Guliston va Jizzax shaharlarida "Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik istiqbollari" mavzusida seminar o'tkazildi

01 / 04 / 2019Seminar O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va O'zbekiston tadbirkor ayollar Assosiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirkor ayollar faoliyati mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o'ynab, yangi ish o'rinlari yaratish va iqtisodiy o'sish suratlariga ta"sir etadi. Seminardan ko'zlangan maqsad - ayollarning tadbirkorlik faoliyatini o'rganish va uni tashkil etishga ko'maklashishdan iboratdir.

Seminar-trening qatnashchilari quyidagi mavzularda yangi bilimlarga ega bo'lishdi:
"Biznes boshqaruvining huquqiy aspektlari: qonunchilik va imtiyozlar", "Soliq tizimida kichik biznes uchun ustunlik va preferensiyalar", "Tadbirkor ayollar biznesining o'ziga hosligi", "Bank mahsulotlari va xizmatlari: ularning o'ziga xosligi hamda shartlari". Ekspertlar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berishdi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar qatnashchilarga faollik uchun tashakkur izhor etib, ayni yo'nalishdagi tadbirlar yana o'tkazilishini qo'shimcha qilishdi.
news_01042019.jpg

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play