Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank — SME Banking Club yangi a'zosiga aylandi

Hamkorbank — SME Banking Club yangi a’zosiga aylandi

20.06.2024
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Joriy yilning iyun oyida Hamkorbank O‘zbekiston banklari o‘rtasida birinchilardan bo‘lib kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro SME Banking Club agentligi a’zosiga aylandi. Ushbu agentlik kichik va o‘rta biznes egalariga o‘z biznesini rivojlantirish va kengaytirish uchun moliyalashtirish, maslahat va boshqa resurslarni olishda ko‘maklashuvchi tashkilot hisoblanadi. Ushbu hamkorlik bankimiz va SME Banking Club jamoasi uchun o‘zaro foydali bo‘lishiga ishonamiz!
Bugungi kunda 5 ta mamlakatning 20 dan ortiq moliyaviy tashkilotlari SME Banking Club a’zolari hisoblanadi va Kiyev (Ukraina) hamda Krakov (Polsha) davlatlarida rasmiy ofislariga ega.
Batafsil.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026