"Hamkorbank" ATB startap loyihasi PLUS Galaxy Award xalqaro tanlovida taqdirlandi
14 / 06 / 2024Joriy yilning 12-13 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Digital Uzbekistan" xalqaro Forumi doirasida "PLUS Galaxy Award" tanlovi tashkil etildi.Ta’kidlash kerakki, "PLUS Galaxy Award" mukofoti fintex, bank biznesi, to‘lov xizmatlari va mahsulotlarini yaratish va joriy etish, shuningdek, chakana savdo, elektron tijorat, bozorlar sohasida erishilgan yuksak yutuqlarga berilgan munosib baho bo‘lib, eng innovatsion va texnologik hamda biznes uchun samarali loyihalarga e’tiborni qaratish, ularni keng axborot bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Xususan, tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan "Hamkorbank” ATB startap loyihasi "PLUS Galaxy Award" tanlovi doirasida “Istiqbolli fintex Startap. Innovatsion kompaniya” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga sazovor bo‘ldi. Ushbu nominatsiyaa g‘oliblikni qo‘lga kiritgan startap "Product owners" maktablari loyihasi hisoblanadi. Mazkur startap "Hamkorbank” ATB va butun O‘zbekiston bozorini rivojlantirishda harakatlantiruvchi omil sifatida ilg‘or innovatsiyalar uchun ichki iste’dodlarni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
“Istiqbolli Fintex Startap. Innovatsion kompaniya” mukofoti – bu bankning startap loyihalari va innovatsiyalar sohasi rivojidagi hissasiga berilgan yuksak bahodir.
"Product owners" loyihasining asosiy maqsadi - xaridorlarning ehtiyojlari va qadriyatlarini hisobga olgan holda, bozorga yangi innovatsion mahsulot va xizmatlarni taqdim etish, shu bilan birga mahsulotni ishga tushirish vaqtini minimallashtirish hisoblanadi.