SWIFT xizmati foydalanuvchilari uchun xushxabar!
17 / 01 / 2020Endi siz SWIFT GPI imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin, bu esa o‘tkazmalaringizni onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin degani.
Xizmat ko‘rsatish darajasini va chet el valyutasidagi hisob-kitoblar sifatini yaxshilash uchun ushbu texnologiya yangi imkoniyatlar yaratadi. Siz nafaqat yuborilgan o‘tkazmalar, balki xorijiy hamkorlardan kelib tushayotgan mablag‘larni ham kuzatib borishingiz mumkin.
Ushbu texnologiyaning ko‘plab afzalliklari orasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tish joiz:
- To‘lovlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati;
- Xorijiy banklar komissiyalarining butkul shaffofligi;
- O‘tkazmalar haqida doimiy ma’lumotlar.
SWIFT GPI xizmatidan foydalanish uchun to‘lov topshiriqnomasi (yoki UETR kodi) bilan xizmat ko‘rsatuvchi filiallarimizga murojaat qilish lozim.