Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
"Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik qilish istiqbollari" mavzusida seminar o'tkazildi

«Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik qilish istiqbollari» mavzusida seminar o’tkazildi

27.09.2018
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Namangandagi Yoshlar markazida «Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik qilish istiqbollari» mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminar O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va O’zbekiston tadbirkor ayollar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Tadbirkor ayollar iqtisodiy taraqqiyotda muhim rol o’ynab, iqtisodiyot o’sish suratlari va yangi ish o’rinlari yaratishga ta’sir etishadi. Mazkur tadbir tadbirkorlik faoliyatida ayollarga bizneslarini tashkil etish va biznes-rejalashtirish asoslarini o’rganishga yordam berishga qaratilgan.

Seminar-trening qatnashchilari quyidagi mavzularda yangi bilimlarga ega bo’lishdi: «Biznes boshqaruvining huquqiy aspektlari: qonunchilik va imtiyozlar», «Soliq tizimida kichik biznes uchun ustunlik va preferentsiyalar», «Tadbirkor ayollar biznesining o’ziga xosligi», «Bank mahsulotlari va xizmatlari: ularning o’ziga xosligi hamda shartlari». Ekspertlar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berishdi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar qatnashchilarga faollik uchun tashakkur izhor etib, ayni yo’nalishdagi tadbirlar yana o’tkazilishini qo’shimcha qilishdi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026