Toshkent moliya institutida Karera kuni o‘tkazildi
07.05.2012
1 daqiqa
Joriy yilning 7 may sanasida «Xamkorbank» OATB Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshligi o‘rinbosari Baxtiyorjon Xayitov Toshkent Moliya Institutida an’anaga aylanib qolgan Karera kunida ishtirok etdi.
Unda ko‘plab banklar, institut talabalari hamda bitiruvchilari ishtirok etdilar. Karera kuni doirasida bo‘sh ish o‘rinlarining ko‘rgazmasi, banklarning multimedia namoyishlari, ish va tajriba orttirishga taalluqli maslahatlar, talabgorlar uchun master klass va treninglar o‘tkazildi. Suhbatdan o‘tgan talabalar bank xodimlariga aylanish imkoniga ega bo‘ldilar. Fursati kelganda aytish mumkinki, Toshkent moliya instituti O‘zbekistondagi barcha banklar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu esa banklarga iqtidorli, istiqbolli bank xodimlarini tanlab va tayyorlab berishda ko‘makdosh bo‘lmoqda. — Loyihadan ko‘zlangan maqsad — tayyorgarligi o‘ta yuqori hamda iqtidorli talabalarni aniqlash hamda ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashishdir, — deydi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshligi o‘rinbosari Bahtiyorjon Xayitov.