Uzcard va Hamkorbank fintex sohasini o‘zgartiruvchi hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladilar
Uzcard va Hamkorbank UZCARD FORUM 2024 doirasida fintex sohasini o‘zgartiruvchi hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladilar

Uzcard va Hamkorbank UZCARD FORUM 2024 doirasida fintex sohasini o‘zgartiruvchi hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladilar

24 / 10 / 2024

Joriy yilning 24-oktyabr kuni UZCARD FORUM 2024’da "Yagona umumrespublika protsessing markazi" AJ va "Hamkorbank" ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu muhim voqea har ikki tomonning moliyaviy texnologiyalarni yanada rivojlantirish va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga tayyorligidan dalolat beradi.

Memorandum bozorning turli segmentlari mijozlari uchun bank kartalarini chiqarish orqali naqd pulsiz to‘lovlardan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan "UZCARD sodiqlik platformasi" loyihasini amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Loyiha foydalanuvchilar uchun naqd pulsiz tranzaksiyalarning qulayligi va jozibadorligini oshirish imkonini beradigan sodiqlik dasturini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu kelishuv kompaniyalarning moliya sektorini rivojlantirish va elektron to‘lovlarni ommalashtirish, shuningdek, naqd pul aylanmasini qisqartirishga sodiqligini ta’kidlaydi. Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va naqd pulsiz to‘lovlardan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlar O‘zbekistonning yanada zamonaviy va samarali to‘lov infratuzilmasini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

Memorandumning imzolanishidan ko‘zlangan maqsad: 

  • Moliya bozorining asosiy ishtirokchilari o‘rtasida texnologik hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashish;
  • Mamlakat moliyaviy ekotizimini kengaytirish va takomillashtirishga, shu jumladan naqd pul aylanmasini qisqartirishga hissa qo‘shish;
  • Naqd pulsiz to‘lov tizimlarining qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan innovatsiyalarni rivojlantirish.

"Biz eng yaxshi bozor amaliyoti va texnologiyalariga tayangan holda mijozlar tajribasini yaxshilashga intilamiz. Sodiqlik dasturlari shunchaki imtiyoz emas, balki mijoz bilan munosabatlarni o‘rnatish kalitidir. Bozor raqobati sharoitida bunday dasturlar moliya muassasasi va mijoz o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, ishonch va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan noyob aloqani yaratadi," - dedi Hamkorbank hamkorlik xizmati direktori Iskandar Axmedov.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play