Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank Visa kartalari endi Swoo Pay orqali kartasiz to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi

Hamkorbank Visa kartalari endi Swoo Pay orqali kartasiz to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi

14.05.2026
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Swoo Pay nima va u qanday ishlaydi

Swoo Pay foydalanuvchilarga Hamkorbank’ning Visa bank kartalarini Swoo ilovasiga qo‘shish imkonini beradi va kartasiz to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydigan istalgan savdo nuqtalarida tezkor va xavfsiz tranzaksiyalarni ta’minlaydi.

Xizmat Visa tomonidan sertifikatlangan va PCI DSS xalqaro xavfsizlik standartlariga mos keladi, bu esa foydalanuvchi ma’lumotlarining yuqori darajada himoyalanishini kafolatlaydi.

Swoo Yevropa, MDH, Afrika va Janubiy Amerikaning 21 mamlakatida faoliyat yuritadi. Xalqaro to‘lov tizimlari, banklar va smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda Swoo yuz minglab foydalanuvchilar uchun smartfon orqali xavfsiz va qulay to‘lovlarni ta’minlaydi.

Swoo Pay’ni qanday ulash mumkin (faqat Android uchun)

Ulash Swoo ilovasi orqali amalga oshiriladi:

  1. Ilovani yuklab oling va uni oching;
  2. Ilovadagi ko‘rsatmalarga amal qilgan holda Hamkorbank’ning Visa kartasini qo‘shing;
  3. Kartani qo‘shishni tasdiqlang;
  4. Faollashtirilgandan so‘ng smartfonni terminalga yaqinlashtirish orqali xaridlar uchun to‘lov qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 15.05.2026