Visa va UnionPay kartalarini aloqa markazi orqali boshqaring!
07.02.2019
1 daqiqa
Hamkorbank o’z mijozlari uchun yanada ko’proq qulayliklar yaratmoqda! Endilikda siz Visa va UnionPay kartalari bilan bog’liq quyidagi amaliyotlarni aloqa markazi orqali amalga oshirishingiz mumkin: • Kartalarni bloklash; • Noto’g’ri PIN-kod terilishi natijasida bloklanib qolgan kartalarni blok holatidan chiqarish; • Karta qoldig’i haqida ma’lumot olish; • So’m va valyuta kartalari egasining unikal identifikatsion kodini mos kelishini tekshirish; • Karta turi to’g’risida ma’lumot olish (konversion yoki Classic); • Internet-to'lov xizmati ulanganligini tekshirish; • Tranzaktsiyalar haqida ma’lumotlar olish. 0 800 1 200 200 raqamiga qo’ng’iroq qiling va kartalaringizni telefon orqali boshqaring!