Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank xalqaro moliyalashtirish doirasini kengaytirmoqda

Hamkorbank xalqaro moliyalashtirish doirasini kengaytirmoqda

31.10.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» ATB va Fransiya Taraqqiyot agentligining sho‘ba tashkiloti Proparco o‘rtasida 50 million AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli kredit liniyasi bo‘yicha bitim imzolandi.

Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi kichik va o‘rta biznes (KO‘B) subyektlari hamda mintaqaviy korxonalarni qo‘llab-quvvatlashdir. Ushbu moliyaviy hamkorlik orqali Hamkorbank tadbirkorlar va mintaqalardagi ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Bitim shartlariga ko‘ra:

  • 30 foiz mablag‘ ayollar iqtisodiy faolligini oshirish va ularning biznesdagi imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi;
  • 70 foiz mablag‘ esa hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish va mintaqaviy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

Kredit liniyasi xalqaro ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) standartlariga mos bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.

Bunda e’tibor tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda barqaror mintaqaviy iqtisodiyotni shakllantirishga qaratilgan.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026