Xalqaro taraqqiyot assotsiasiyasi «Hamkorbank» OAKB uchun qoshimcha kredit mablag’I ajratdi
13.05.2013
1 daqiqa
2013 yilning 26 aprel kuni Xalqaro taraqqiyot assotsiasiyasining direktorlar kengashi O’zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish loyihasini qo’shimcha moliyalash maqsadida mamlakatimizga 100 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratshni ma’qulladi. «Hamkorbank» OAKBga ham mazkur loyihada ishtirok etib kelayotgan moliyaviy hamkor sifatida qo’shimcha kredit mablag’lari ajratilishi ko’zda tutilgan.
«Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasi sanoat sohasining energiya samaradorligini oshirishga ko’maklashish va bu orqali energiya resurslari va yoqilg’I iste’molini qisqartirish hamda bug’xona gazlari chiqindilarini kamaytirishga erishishga qaratilgan. Taqdim etilayotgan kredit sanoat korxonalarning energiyani tejash va ishlab chiqarishga eng zamonaviy texnoligiyalarni jalb etish loyihasini qo’shimcha moliyalashtirishga sarflanadi.
Ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish va energiya iste’molini kamaytirish O’zbekiston sanoatining raqobatbardoshliligini oshiradi, cheklangan gaz resurslarini eksport uchun bo’shatish imkoni paudo bo’ladi. Shuningdek, atmosferaga chiqayotgan uglevod gazlari chiqitlarini kamaytiradi.