Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Xamkorbank xalqaro reyting kompaniyalari e'tirofida

Xamkorbank xalqaro reyting kompaniyalari e’tirofida

19.03.2012
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Moodys Investors Service» xalqaro reyting agentligi OATB «Xamkorbank»ning moliyaviy barqarorlik faolatini ijobiy baholab, bankka nisbatan o‘zining yuqori reyting baholarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bankning moliyaviy barqarorlik reytingi E+, milliy valyutadagi depozitlar reytingi B1 hamda xorijiy valyutadagi depozitlar reytingi esa B2 va barcha reytinglar bo‘yicha prognoz «barqaror» darajadadir.

Reyting agentligi ekspertlarining fikricha, bankning moliyaviy barkarorlik reytingini belgilashda bankning mijozlarga xizmat kursatishda ish samaradorligini yuo‘orililigi, banklar orasida ko‘p yillik tajribaga egaligi, tezkorligi, xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro hamkorlik yaxshi yolga qo‘yilganligi, xalqaro tulovlarni amalga oshirishda sifat darajasini yuksakligi, o‘z zimmasidagi moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajara olish qobiliyatiga egaligi, filiallar tarmoqlarining doimiy kengayishi, kapitalizasiya darajasining barqarorligini inobatga olib, bankka o‘zining munosib baxosini berdi.
Kuni kecha «Mudis» xalqaro reyting agentligi ekspertlari Olga Ulyanova va Ylena Redkolar"Xamkorbank"ning Andijonda joylashgan Bosh ofisida bo‘lib, bank faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kompaniya eksperti Olga Ulyanovaning fikricha, bankning bugungi olib borayotgan faoliyati — jumladan, muassasaning kapitallashuv darajasining yetarliligi, bankaktivlarining jadal o‘sib borishida barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega ekanligi, korporativ boshkaruv va tavakkalchiliklarni boshqarishning samarali tizimining mavjudligi, keng strategik xamkorlar doirasiga egaligi bankning yuqori xalqaro reyting baholarini olishiga omil bo‘ladi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026