Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
26 / 03 / 2019 2019 yil 19 martda valyuta qonunchiligiga rioya qilishdagi yo'l qo'yilgan kamchiliklar tufayli O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankiga nisbatan bankni valyuta birjasida ishtirokini cheklash yo'li bilan sanksiya qo'llanilgan edi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilganligi sababli, Bank 2019 yil 26 martdan boshlab valyuta birjasidagi savdolarda ishtirokini qayta boshladi.
Ta'kidlash joizki, mazkur holat hizmat ko'rsatish sifatiga ta'sir etmadi. "Hamkorbank" birjadan tashqari valyuta bozorida amaliyotlarini aktiv tarzda olib bormoqda, buning natijasida Bank o'z hamkorlari va mijozlari oldidagi majburiyatlarini to'liq, o'z vaqtida va sifatli bajarishni davom ettirdi.
Hozirgi vaqtda barcha bank operatsiyalari o'rnatilgan tartibda amalga oshirilmoqda.