Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Yangi «Mobile-Banking» dasturining imkoniyatlari

Yangi «Mobile-Banking» dasturining imkoniyatlari

22.10.2012
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar turini oshirish, sifatli, tezkor hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan holda bank xizmatlarini ko’rsatish ko’lamini kengaytirish maqsadida yuridik shaxslar uchun yangi xizmat — «Mobile-Banking» dasturini joriy qildi.

Ushbu dastur mobil telefon xamda internet texnologiyalari asosida yaratilgan bo’lib, bank xizmatlaridan mobil telefon orqali internet tizimiga ulangan xolda foydalanish imkoniyatini beradi.
«Mobile-Banking» tizimining imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
  • Xabarlar va murojaatlarni shakllantirish;
  • Elektron pul xisob-kitob xujjatlarini tayyorlash;
  • To’lov topshiriqnomalarini jo’natish;
  • Mijoz o’z xisobvaraklarini boshqarish;
  • Filial va minibanklarning joylashishini elektron tarzda qidirish.
Ushbu xizmat turidan iOS (iPhone) yoki Android operatsion tizimlarida ishlovchi mobil telefonlari mavjud bo’lgan mijozlar foydalanishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026