Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Yangi xonadon yanada qulay shartlarda!

Yangi xonadon yanada qulay shartlarda!

03.09.2020
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
«Hamkorbank»da ipoteka kreditini rasmiylashtirish davomida subsidiya olishingiz mumkinligini bilarmidingiz?
⠀
Bilmasangiz, buni qanday amalga oshirish haqida aytib beramiz!
⠀
Subsidiya — ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal va (yoki) kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar.
⠀
Qanday qilib subsidiya olish mumkin?
⠀
Subsidiya olish uchun quyidagi hujjatlar to‘plami bilan Davlat xizmatlari Markaziga murojaat qilishingiz kerak:
⠀
  • Jismoniy shaxs pasporti;
  • Oila a’zolarining pasportlari va bolalarning (agar bor bo‘lsa) tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
  • Nikoh bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotnoma yoki nigoh qonuniy emasligi haqidagi sud qarori;
  • Doimiy yashash joyining turi va kadastr raqami haqidagi ma’lumotlar;
  • Doimiy yashash joyining uy daftari yoki xonadon kartasidan nusxa;
  • Ariza beruvchi va birga qarz oluvchi shaxslarning daromadlari haqidagi ma’lumotnoma.

⠀
Ushbu ma’lumot siz uchun foydali bo‘ladi deb umid qilamiz.
⠀
Hamkorbank ipoteka kreditlari haqidagi batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: https://bit.ly/2ES71RS
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026