Hamkorbankning yangilangan Shahrixon ofisi sizning xizmatingizda!
24 / 07 / 2024Kuni kecha Shahrixon shahridagi universal bank ofisimizning yangi binosi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi! Shahrixon tumanida joylashgan yangi bino zamonaviy me’morchilik andozalariga to‘liq javob beradi va mijozlarga barcha zarur qulayliklarni taqdim etadi. Bank ofisida yashil hudud joriy etildi va elektron navbat tizimi o‘rnatildi, shuningdek, chakana xizmat ko‘rsatish bo‘limlari va kassalar mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatmoqda."Shahrixon" bank ofisi yuridik shaxslar uchun 10 dan ortiq va jismoniy shaxslar uchun 20 ga yaqin zamonaviy bank xizmatlarini taklif etadi. Bugungi kunda doimiy mijozlarimiz soni 37 000 ga yaqin, ulardan 1200 tasi yuridik va 35 800 nafari jismoniy shaxslardir.
Qadrli mijozlarimizni bank ofisimizga tashrif buyurishga va Hamkorbankda taqdim etilayotgan yuqori darajadagi xizmatdan bahramand bo‘lishga taklif qilamiz!