YeTTB 70 million dollar miqdorida kredit ajratdi | Yangiliklar | Hamkorbank
YeTTB Hamkorbankka 70 million dollar miqdorida kredit ajratdi

YeTTB Hamkorbankka 70 million dollar miqdorida kredit ajratdi

12 / 12 / 2025

Hamkorbank o‘zining strategik hamkori bo‘lgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kuchaytirishda davom etmoqda. YeTTB va Hamkorbank o‘rtasida 70 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi kelishuvi imzolandi.

Milliy valyuta ekvivalentida taqdim etiladigan ushbu moliyaviy resurs mamlakat bo‘ylab mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu segment O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi, xususan, MKO‘Klar YAIMning qariyb 50 foizini shakllantiradi va mehnatga layoqatli aholining 80 foizini bandlik bilan ta’minlaydi.

Kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyalashtirish Hamkorbankning strategik ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Ushbu kredit liniyasini joriy etish orqali tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarda barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

Alohida ta’kidlash mumkinki, YeTTB va “Hamkorbank” 20 yildan ortiq vaqtdan buyon o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Samarali hamkorlik yillari mobaynida YeTTB tomonidan “Hamkorbank” O‘zbekistondagi yetakchi va faol hamkor sifatida bir necha bor e’tirof etilgan.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play