Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YETTB) tomonidan ikkita nufuzli mukofotga sazovor boʻldi

«Hamkorbank» Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YETTB) tomonidan ikkita nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

23.01.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot bankining «Yashil» iqtisodiyotni va tashabbuslarni moliyalashtirish dasturlari doirasida amalga oshirilgan innovatsion loyihalarimiz xalqaro ekspertlar jamiyati tomonidan yuqori baholandi va quyidagilar uchun e’tirof etildi:

GEFF Uzbekistan dasturi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston iqtisodiyotining uglerod izini kamaytirish»ga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun;
GREEN TFP dasturi doirasida «O‘zbekistonda ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni moliyalashtirishda yetakchi ” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu mukofotlar «Hamkorbank»ning ekologik tashabbuslarga va energiya samarador texnologiyalarini joriy etish borasidagi faoliyatini e’tirof etish bilan birga, yangi innovatsion yechimlarni joriy etishga bo‘lgan ishtiyoqini ham oshiradi.

Ta’kidlash lozimki, «Hamkorbank» YETTB bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Bugungi kunga kelib yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bir qatorda, tadbirkor ayollar va yoshlarni moliyalashtirish, hamda mikro, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish yo‘nalishlarida ko‘plab qo‘llab-quvvatlovchi loyihalarni amalga oshirishmoqda.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026