Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
YOSHLAR FORUMI G’OLIBI

YOSHLAR FORUMI G’OLIBI

19.11.2012
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilotlari yetakchilarining «Vatan ravnaqi yo’lida birlashaylik!» shiori ostida bo’lib o’tgan respublika anjumanida «Hamkorbank» OATB «Kamolot» YoIH BT yetakchisi Shohjahon Xasanov faol ishtirok etib, «Eng ilg’or tajriba muallifi» nominatsiyasi sohibi bo’ldi.
Ayni paytda yosh mutaxassis jamoadagi yigit-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga erishish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosat mohiyatini tushuntirish, innovatsiya loyihalarida qatnashish uchun ularga keng imkoniyatlar yaratib berish borasida salmoqli natijalarga erishmoqda.
— Bankmizda bir ming bir yuz nafardan ortiq yigit-qizlar ishlaydi, ularning 900 nafardan ziyodi «Kamolot» a’zolaridir, — deydi Sh.Xasanov. — Ushbu yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish maqsadida boshlang’ich tashkilot tomonidan o’n ikki yo’nalishda ish olib borilmoqda, uzoq muddatli loyihalar amalga oshirilmoqda, tanlovlar tashkil etilayotir.
Darhaqiqat, endi Hamkorbank" OATB «Kamolot» YoIH BT yetakchisi Sh. Xasanovning ilg’or ish tajribasi nafaqat bank sohasi, balki butun O’zbekiston yoshlari orasida ommalashadigan bo’ldi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026